Juma, 03 Mart 2023 15:37

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 30 yanvaridan darslar boshlanishi munosabati bilan, Sport Klubi ham o‘z faoliyatini boshladi

 Bugun universitet talabalari o‘rtasida Badminton  o‘yinlari o‘tkazildi.

Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib oʻynaladigan tennisga oʻxshash sport oʻyini. Oʻyin toʻrtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha oʻlchovi 13,4x5,2 m va juftli oʻyinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan toʻrda oʻtkaziladi. Oʻyinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Xar bir xol va juft boʻlganda koptokcha oʻngdan, toq boʻlganda chapdan uriladi. Juftli oʻyinlarda oʻng tomondan boshlanib, har xoldan keyin oʻyinchilar sherigi bilan oʻrin almashtiradi. Badminton  qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70-yillarida Angliyada rasm boʻlib, oʻyin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934-yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat aʼzo (1991). 1977-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi. 1992-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947-yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955-yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. Badminton  Oʻzbekistonda 50-yillardan rivojlana boshladi.

O'qilgan 2010 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar