Yangiliklar: Dekabr 2023

Juma, 01 Dekabr 2023 12:55

Aziz talabalar!!

“Bir million dasturchi” loyihasining https://uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Ushbu loyiha doirasida 2023-2025-yillarda 1,2 mln. nafar yoshlar 8 ta yo‘nalishdagi onlayn kurslardan bepul o‘qitish rejalashtirilgan hamda IT-Park tomonidan barcha kontentlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi jami 10 ming dona litsenziya sotib olish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Coursera sertifikatlari butun dunyoda tan olingan bo‘lib, yoshlarga yuqori oylik to‘lanadigan ishga joylashishlariga hamda qo‘shimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratadi.

Yurtimizda loyiha doirasida yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan hamda “Xalqaro IT sertifikatlar ro‘yxati” tasdiqlangan.

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. Shoshiling! Imkoniyatni boy bermang!

Kategoriya E'lonlar
Juma, 01 Dekabr 2023 12:26

OITS - ASR VABOSI

Joriy yilning 30-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi va tyutorlar tomonidan universitet talabalari uchun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo‘limi sanitariya shifokori Jo‘rayev Akbarali O‘rolovich OIV kasalligining kelib chiqish tarixi, epidemiologik vaziyat, klinikasi, yuqish yo‘llari (yotoqxonada yashovchi talabalar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishlari, ayniqsa o‘zlarining tish yuvish shetkalari va soqol olish ustaralaridan individual foydalanishi) va profilaktik chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kategoriya Yangiliklar
7 dan 7 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar