Yangiliklar: Noyabr 2022

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” kafedrasi tomonidan kafedra professor-o’qituvchilari va bir guruh talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi” Qonuni qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab, “Bayroqqa sadoqat - yurtga sadoqat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri, PhD. A.Odilov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda yig‘ilganlarni Vatanimiz mustaqilligining timsoli hisoblangan bayrog‘imizning 31 yilligi bilan tabrikladi. Bayrog‘imizga nazar solganimizda ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etishimiz alohida ta’kidlandi. Tadbirda bir guruh faol talabalar ham ishtirok etib, professor-o’qituvchilar bilan hamsuhbat bo’lishdi.

Tadbirga mehmon sifatida teklif etilgan “Tillar kafedrasi” o’qituvchisi Z. Bektimirov o’zining bayroq haqidagi his-hayajonli so’zlari bilan vatanga bo’lgan cheksiz muhabbatning bir qismi aynan bayroq orqal ifodalash mumkin ekanligini so’zlab berdi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi va u mangudir!

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning18-noyabrida  O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan "Doim hilpirayver yurtim bayrog'i" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda   Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i Ismoilov Ilxom Ismoilzoda  va universitet  o'qituvchilari,  talabalari bilan hamkorlikda o'tkazildi. Tadbirda talabalar davlatimiz ramziga turli xorijiy tillarda tavsif berdilar.

Kategoriya Yangiliklar

Samarqandda UNESCO vakillari ishtirokida “Tinchlik daraxti” monumenti ochildi

Bugun Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida UNESKO Bosh direktori o‘rinbosari Stefania Giannini, UNESCOning madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi Hedva Ser, Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Niels Annen va O'zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirokida “Tinchlik daraxti” monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

"Tinchlik daraxti" monumenti muallifi atoqli haykaltarosh Xedva Ser bo'lib, uning asarlari butun dunyoga mashhur. 

Ta'kidlash kerakki, ramziy ma'noga ega ushbu monument ilk bor 2008-yilda UNESCO bilan hamkorlikda Isroilda o‘rnatilgan. Keyinchalik  esa Germaniya, AQSh, Ozarbayjon, Qozog'iston, Andorra, Gretsiya, Malta va boshqa davlatlarda ham o‘rnatildi. Bugunga qadar 17 ta davlatda "Tinchlik daraxti" mavjud edi. Samarqanddagisi esa 18-"Tinchlik daraxti" bo‘ldi. Ushbu monument bronzadan yasalgan bo‘lib, og‘irligi 750 kilogrammga teng.

"Monumentni o‘rnatish jarayonlarida bir jihat e'tiborimni tortdi, — dedi Xedva Ser xonim. — Odatda, boshqa joylarda “Tinchlik daraxti”ni yaratish uchun uch oygacha vaqt sarflaganmiz. Samarqandda esa to‘rt hafta yetarli bo‘ldi".

Ma'lumot uchun, bu san’at asarining dunyoda keng e’tirof etilishi muallif haykallarida uchta yetakchi din – yahudiylik, islom va nasroniylik timsollarini uyg‘unlashtirgani bilan bog‘liq.

Kategoriya OAV biz haqimizda

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan Samarqand viloyati mahallalarida har hafta o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlar doirasida Universitet o‘qituvchisi T.I. Sultanov Tayloq tumani “Zarafshon” MFYga ishchi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahalla fuqarolari va yoshlari o‘rtasida “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mahalla faollari bilan birgalikda mahalla yoshlari suhbatlar uyushtirildi va koʻmakka muhtoj oilalarga hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohatlar va  keng imkoniyatlar toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Mahalla hududida joylashgan umumta’lim maktabi oʻquvchi yoshlariga  universitetdagi mavjud ta’lim yoʻnalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  Mahalla faollari bilan kelajakdagi rejalar muhokama qilinib, qilinishi kerak boʻlgan ishlar belgilab olindi.

Suhbat davomida yoshlarga hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar va  keng imkoniyatlar toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Mahallada uyushgan va uyushmagan yoshlarni universitetimizdagi mavjud ta’lim yoʻnalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  Kelajakda ularni kasb – hunar tanlashlariga yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Uyushgan va uyushmagan yoshlar bilan davra suhbati davomida mahallada monitoring oʻtkazildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan uslubiy koʻmak berildi. Yoshlarning OTMga kirish va tanlagan kasbi boʻyicha qiziqtirish, toʻgʻri yoʻnalishlar berish haqida yoshlar bilan savol-javoblar oʻtkazildi va fikr-mulohazalar almashildi. Tashrif juda sermazmun va tafsilotlarga boy tarizda oʻtkazildi.

“Zarafshon” mahalla fuqarolari va yoshlar tadbirda faol ishtrok etdi. Tadbir davomida mahalla fuqarolariga hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va sohalarga qaratilayotgan e’tibor haqida ma’lumotlar berib oʻtildi. Mahalla yoshlariga kelajakda toʻgʻri kasb tanlash mavzusida suhbatlashildi. Suhbat davomida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti haqida yaqindan ma’lumot berib oʻtildi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 18 Noyabr 2022 13:25

Ilmni shakllantirish

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Tillar" kafedrasi o'qituvchilari I. Ablakulova va N.Halimovalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Shaping the science 4" deb nomlangan xalgaro konferensiyada faol qatnashishdi.

Kategoriya Yangiliklar

17 ноября 2022 года Международный университет туризма и культурного наследия  «Шелковый путь»  посетила Словацкая делегация во в главе чрезвычайного и полномочного посла Словацкой Республики в Узбекистане Яна Бори и доцент кафедры международного торгового факультета Экономического университета в Братиславе г. Элена Каштякова. В ходе визита доцент Элена Каштякова провела гостевую лекцию перед студентами на тему: Поддержка интернационализации малых и средних предприятий, семейного бизнеса, женщин в бизнесе и туристического бизнеса в Словакии.

Целью презентации является исследование возможностей воздействия интернационализации МСБ, формирование семейного бизнеса  и туристического бизнеса на экономическое развитие в Словакии с возможностью внедрения для Узбекистана.

В рамках лекции господин посол Ян Бори подробно рассказал о главных природных и архитектурных достопримечательностях Словакии. В заключении своего выступления господин посол пожелал студентам успехов в учебе и развитии ,целеустремленности, решительности в освоении наук и в достижении любых целей, любознательности и интереса к знаниям! 

Проведение данной лекций предоставило студентам отличный шанс ознакомиться с тем, чем славится Словакия; что интересна в Словакии. В ходе беседы студенты получили ответы на интересовавшие их вопросы.

Стороны обсудили перспективы взаимодействия сотрудничества в образовательной сфере.

Миссия направлена на дальнейшее укрепление и развитие положительной динамики в двухсторонних отношениях между Словакией и Узбекистаном.

Примечательно, что посол Словакии в Узбекистане Ян Бори передал в библиотечный фонд университета уникальную коллекцию научной литературы и учебных пособий. Предоставленные книги содержат новейшую исследовательскую информацию о туризме, культуре и обычаях Словакии, что, несомненно, принесет большую пользу нашим преподавателям и студентам в процессе научных исследований и обучения.

В ходе ознакомительной экскурсии гости были ознакомлены с уникальным смарт-кампусом и инновационной библиотекой университета. Они был впечатлены моделью управления и передовыми технологиями, используемыми в процессе обучения, а также уникальными историческими элементами Великого Шелкового пути, установленными галереями и Библиотекой университета.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-52-sonli Farmoni va Turizm va madaniy meros vaziri tomonidan tasdiqlangan “Yoshlarning turizm sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq yoshlarning turizm sohasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan grant ajratish tartibi belgilangan.

Talabgor ariza topshirish uchun arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi shart, bular:

a) veb-saytni yaratish bo‘yicha taqdimot (taqdimotda veb-saytning chet tillari, onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi (jumladan, xorijiy valyutada ham), bron qilish xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi);

b) turoperatorlik faoliyatini amalga oshirishni nazarda tutuvchi biznes reja;

c) xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishning rejasi va turistik stend taqdimoti;

d) respublikaga xorijiy mamlakatlardan turistlarni jalb qilish bo‘yicha taqdimot.

Nizomga muvofiq, talabgorga grant mablag‘lari quyidagi shartlarda ajratiladi:

– grant olish uchun ariza topshirgan vaqtda turistik (turoperatorlik) faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tashkilotda ta’sischi va/yoki direktor bo‘lmasligi;

– grant olingan kundan boshlab ko‘pi bilan 10 ish kunida turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishi;

– uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy sayyohlar uchun tur tashkil qilishi;

– grant ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 15 ish kunida turoperator hamda Vazirlik o‘rtasida 3 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kamida 200 nafar xorijiy sayyohlarni jalb qilish yuzasidan shartnoma imzoshi;

– grant ajratilgandan so‘ng turoperator 3 yil davomida har yili 10-noyabrga qadar o‘zining xorijiy hamkori bilan tuzilgan shartnomasi, respublikaga xorijiy mamlakatlardan olib kelingan turistlar soni, elektron hujjat aylanishining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali turoperator va joylashtirish vositasi o‘rtasidagi tasdiqlangan elektron hisobvaraq-fakturadagi turistlarning familiyasi, ism-sharifi va yashagan kunlari ko‘rsatilgan ro‘yxatini taqdim etib borishi;

– grant ajratilgan turoperator grant ajratish bo‘yicha, Vazirlik bilan shartnoma imzolangan kundan boshlab 3 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qila olmagan taqdirda, ajratilgan mablag‘larni Jamg‘armaga tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda grantning umumiy summasidan jalb qilingan turistlarning soniga mutanosib summani chegirgan holda, qolgan mablag‘larni qaytarishi.

Shuningdek, tegishli turizm yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan, xorijiy tillar bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlari, shu jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball va/yoki shunga tenglashtirilgan bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berilishi eslatib o‘tiladi.

Молодёжи за предпринимательские инициативы в сфере туризма предоставляются гранты!

Согласно Указу Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 “О создании дополнительных условий для дальнейшего развития сфер туризма, культуры, культурного наследия и спорта” и в соответствии с Положением “О порядке выделения грантов в поддержку предпринимательских инициатив молодежи в сфере туризма” утверждённым Министром туризма и культурного наследия установлен порядок выделения грантов из государственного бюджета в поддержку предпринимательских инициатив молодежи в сфере туризма.

Претендент на грант вместе с заявлением должен предоставить следующие документы:

а) презентация по созданию веб-сайта (в презентации указывается информация о языках веб-сайта, получателе онлайн-платежей (в том числе в иностранной валюте), услугах бронирования);

б) бизнес-план, предусматривающий осуществление туроператорской деятельности;

в) план участия в туристических выставках и ярмарках зарубежных стран и презентация туристского стенда;

г) презентация по привлечению в республику туристов из зарубежных стран.

В соответствии с Положением средства гранта выделяются заявителю на следующих условиях:

– отсутствие учредителя и/или директора в организации, занимающейся туристской (туроператорской) деятельностью на момент подачи заявки на грант;

– получение лицензии на осуществление туроператорской деятельности не позднее 10 рабочих дней со дня получения гранта;

– в случае принятия решения о выделении гранта, в течение 15 рабочих дней между туроператором и Министерством будет подписано соглашение о привлечении не менее 200 иностранных туристов в Республику Узбекистан в течение 3 лет;

– после предоставления гранта туроператор ежегодно в течение 3 лет до 10 ноября подписывает договор со своим иностранным партнером, где указывает количество туристов, привезенных в республику из зарубежных стран, фамилию, имя и отчество туристов в утвержденном электронном счете-фактуре между туроператором и средством размещения через автоматизированную информационную систему электронного документооборота, предоставляет список с указанием дат проживания;

– туроператор, которому выделен грант, в случае невозможности в течение 3 лет со дня подписания договора с Министерством организовать тур в Республику Узбекистан не менее, чем для 200 иностранных туристов, возвращает в Фонд выделенные средства с вычетом из общей суммы гранта суммы, пропорциональной количеству привлеченных туристов, в порядке, установленном заключенным договором.

Также необходимо предоставить действующие международные сертификаты, подтверждающие знание иностранных языков, документы о высшем или среднем специальном и профессиональном образовании или квалификационный сертификат в соответствующей туристической области, в том числе не менее 5,5 баллов и выше по IELTS, не менее B2 и выше по Common European Framework of Reference for Languages (предпочтение отдается кандидатам, имеющим международные сертификаты по TOEFL IBT с баллом не менее 72 и выше).

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori M.Abduraxmonova tomonidan TTJ da istiqomad qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sovuq havo kuzatilayotganligi tufayli, talabalarga gazpechlar hamda isitish tizimlaridan oqilona va to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

North-West universitetining 120 yillik yubileyi doirasida Onlayn hujjatlarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Shuningdek, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va North-West universiteti oʻrtasida “Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi” ni tashkil etish toʻgʻrisida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ma’lumot uchun: “Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi” bu “Xitoy va  Markaziy Osiyoning inson resurslari va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy laboratoriyasi”ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xitoy ilmiy-texnologiya vazirligi bu ilmiy tadqiqotlar, iqtidorli talabalarni tayyorlash va madaniy almashinuv bo'yicha yetakchi xalqaro markazdir.

Marosimda har ikki universitet vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.A. Abduhakimov nutqi davomida  North-West universiteti prezidenti janob Guo Lixonga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 15 Noyabr 2022 17:38

E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashabbusi bilan “Shaping the science 4” Xalqaro miqiyosdagi konferinsiya shu yilning 17-noyabr sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan . Konferinsiyadan kutilayotgan asosiy maqsad jahon miqiyosidagi ekspertlar va talaba-yoshlarni quyidagi dolzarb mavzular bo‘yicha birlashtirishdir:

  • Amaliy fanlar
  • Til va ta’lim
  • Iqtisodiyot
  • Tabiiy fanlar va tibbiyot

Konferinsiyada O‘zbekiston Respublikasi, Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari Gretsiya Hindiston kabi mamlakatlardan mutaxasislar ishtirok etishadi Tadbirda Vazirlar mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish ishlari agetligi Samarqand viloyati hududiy vakilligi mutaxasislari jahon tan olgan ekspertlar va kitob mualliflari Gregg Sotiropolus, Penni Ur, Alan Pulvrerness, Muhammadjon Soliyev, professor Ravinder Gargesh Viktoriya Klarklar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan .  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro unversiteti hodimlari hamda talabalar konferensiyaning ochilish marosimiga qatnashish uchun rasman taklif etilgan.

Ishtirokchilar diqqatiga!
Konferinsiyaning ochilish marosimi shu yilning 17-noyabr kuni soat 10:00 Samarqand shahri, Gagarin Ko‘chasi 95-A uyda o‘tkaziladi

Kategoriya E'lonlar
3 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar