Yangiliklar: Noyabr 2020

Onlayn rejimida oʻtkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi “Ipak yo‘lidagi turizm-2020” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasining ochilishi Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi va “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti rektori A.A. Abduxakimovning qutlov nutqi bilan boshlanadi.

Onlayn yarmarka oʻtkazilishi 2020 yil 11-13-noyabr kunlariga rejalashtirilgan. Ushbu tadbirda Singapur, Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Fransiya, Qozogʻiston, Germaniya va Oʻzbekistonning 25 dan ortiq yetakchi turizm mutaxassilari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular Covid-19 pandemiyasi davrida turizm sohasini qanday yaxshilash mumkinligi va inqirozdan chiqish yoʻllarini topish; sayyohlar uchun xavfsiz sayohatni ta’minlash kabi amaliy tadbirlar toʻgʻrisida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadilar.

Onlayn yarmarka dasturi 3 kun va 6 sessiyaga taqsimlangan. Yarmarkaning birinchi kunida, 1-sessiyada, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti dekani, dotsent Slavomir Vroblevskiy soʻzga chiqadi.

Sessiyaning mavzulari: “COVID-19 dan keyin turizm sohasini amalda qanday takomillashtirish mumkin” va “Uzbekistan. Safe travel guaranteed. O‘zbekistonda xavfsiz turizm!” tizimi”.

Eslatib oʻtamiz, Siz ham ushbu onlayn yarmarkada quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: http://www.uzbekistan.travel/titf-online

Kategoriya Yangiliklar

10 ноября, Совет по туризму Содружества Независимых Государств провел заседание по видеосвязи, в связи с разрушительным влиянием пандемии COVID-19 на мировой туристический рынок.

Во встрече приняли участие представители Армении, Беларуси, Казахстана, Кыргызстана, Молдовы, России, Таджикистана, Узбекистана и Исполнительного комитета СНГ.

Члены Совета по туризму СНГ подвели итоги туристического форума СНГ, проведенного в рамках Недели деловых инициатив в Ташкенте в сентябре этого года, и обсудили разрушительное влияние пандемии COVID-19 на мировой туристический рынок.

На заседании отмечалось, что восстановление туристической отрасли в СНГ должно стать приоритетом для совета в 2021 году. В связи с этим было принято решение организовать регулярный обмен опытом по преодолению последствий кризиса и восстановлению туризма и туристического рынка, а также создать при совете рабочую группу по реагированию на вызовы в сфере туризма», — отметили в пресс-службе.

Совет СНГ одобрил проект плана мероприятий на 2021-2023 годы по реализации Стратегии развития сотрудничества в сфере туризма на 2021-2030 годы, обсудил развитие трансграничных туристических маршрутов, связанных с историей Великой Отечественной войны. Это направление обозначено как одно из приоритетных в сфере международного сотрудничества в сфере туризма.

На встрече также обсуждались вопросы использования электронных виз в странах СНГ, безвизового въезда и выезда иностранных туристов. Члены совета согласились с предложением Узбекистана предоставить Международному университету туризма «Шелковый путь» статус базовой организации СНГ в сфере туризма и решили подготовить соответствующий документ, который будет рассмотрен на следующем заседании.

Следующее заседание Совета по туризму СНГ состоится в Армении в 2021 году.

Kategoriya OAV biz haqimizda

Shu yilning 16 oktyabr kuni O'zbekistonning Samarqand shahrida “Ipak yo'li” xalqaro turizm universitetining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

Mazkur universitet davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 28-iyundagi qaroriga binoan tashkil etilgan va Markaziy Osiyoda turizm sohasidagi birinchi universitet hisoblanadi.

Marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

Kategoriya OAV biz haqimizda

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori professor Jo‘liboy Eltazarov yangi o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi haqida so‘zlab berdi.

- Dunyo bo‘yicha xavfli COVID-19 virusi pandemiyasi tarqalishi oqibatida o‘qitishning onlayn tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishga imkon qoldirmadi. Tabiiyki, ta’lim tizimining “o‘ziga xos” shakliga moslashishning birinchi bosqichida barcha oliy ta’lim muassasalarida kamchilik va xatolar kuzatildi.

Ammo shuni ta’kidlash joizki, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi shunday qiyin bir vaziyatda tezkorlik bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga mos ravishda har bir oliy o‘quv yurti uchun qulay shart-sharoit yaratib berdi. Bunday sharoitga o‘z vaqtida moslashish va metodik tavsiyalardan to‘g‘ri foydalanish o‘z samarasini berdi va ta’lim tizimi o‘z faoliyatini izchil davom ettirdi. Bu xatti-harakatlar barcha xavf-xatarlar hisobga olingan holda amalga oshirilganligi tufayli kutilgan samarani berdi.

Yangi o‘quv yili qay tarzda boshlanadi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi e’lon qilgan variantlarga muvofiq, yangi o‘quv yilini an’anaviy kunduzgi shaklda boshlash mumkin bo‘ladi. Hozircha bu faqat birinchi kurslarga taalluqli. Katta kurslar esa onlayn tarzda davom etadi. Lekin epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi bilan qolgan bosqich talabalari ham o‘qitishning kunduzgi shakliga o‘tishi mumkin.

Qay biri foydali - an’anaviy ta’limmi yoki masofaviy?

Shuni unutmaslik kerakki, o‘qitishning onlayn shakli har qancha qulay bo‘lmasin, an’anaviy ta’lim o‘rnini bosolmaydi. Universitetga yangi qabul qilingan talabalarning sifatli ta’lim olishi, auditoriyada o‘tirib, professor-o‘qituvchilarning ma’ruzalarini tinglashi va o‘zini haqiqiy talabadek his qilishi biz uchun juda muhim. Albatta, ularning xavfsizligi va sog‘lig‘i eng muhim mezon hisoblanadi. Shu boisdan yangi “aqlli kampus” talabalarning xavfsizligini ta’minlash borasidagi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Universitet binosiga kiraverishda tana harorati o‘lchanadi, qo‘llar antiseptik vositalar bilan qayta ishlanadi.

Bu kabi antiseptik punktlar binoning har bir qavatida, jumladan, kutubxona, oshxona, sport-zal, majlislar va ma’ruzalar zali oldida tashkil etiladi. Keng va shinam o‘quv xonalari talabalarning ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashish imkonini beradi. Xuddi shunday xavfsizlik choralari oshxonada ham amalga oshiriladi. Videokuzatuv tizimi odamlar to‘planishining oldini olishga yordam beradi. Butun kampus radiotarmoq bilan jihozlangan. Ular orqali antivirus choralariga rioya qilish talablari va boshqa muhim xabarlar yangrab turadi.

Universitetning yangi binosi yuqori tezlikdagi internet bilan jihozlangan

Aytish lozimki, o‘qitish jarayoni “oynali” bo‘lib, yagona farq mashg‘ulotlarni olib borish usulida seziladi. Bir tomondan, o‘qituvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabaga, boshqa tarafdan, EDMODO tizimida «onlayn-sinflar» yordamida amalga oshiriladi.

O‘quv rejalari shu tariqa tuzilganki, kunduzgi va onlayn darslar o‘qituvchilar va talabalarga hech qanaqa noqulaylik tug‘dirmaydi. Yangi metodikaning muhim jihati shundaki, u jahon tajribasidan kelib chiqadi va bizning sharoitda ham o‘z aksini topadi: real vaqt rejimida o‘quv mashg‘ulotlarining videoyozuvi va namoyishi. Barcha yozuvlar onlayn-mashg‘ulotlar bazasida saqlanadi, kerakli video-ma’ruzalar esa onlayn rejimida o‘qiyotgan talabaning shaxsiy kabinetida yuklanadi. Bundan tashqari, shaxsiy kabinetda o‘qituvchilar taqdimotlar, o‘tilgan dars mavzulari joylashgan fayllarni yuklashadi. Bu esa o‘z navbatida, talabalarga fanni o‘zlashtirib, mavzuni takrorlash va uyga topshiriqlarni bajarish imkonini beradi. Shaxsiy kabinetda har bir vazifaning bajarish muddati ham qayd etiladi.

Asosiy maqsadimiz - hatto pandemiya sharoitida ham o‘qituvchilar uchun qulay muhitni saqlagan holda yuqori sifatli ta’limni davom ettirishdir. Universitetning yangi binosi yuqori tezlikdagi internet bilan jihozlangan, shuning uchun o‘qituvchilarimiz barcha imkoniyatlardan bemalol foydalanishlari mumkin.

Biz nafaqat masofaviy ta’lim tizimini, balki asosiy videokonferensaloqa platformalarini ham o‘zlashtirdik

Shuni aytish lozimki, ta’lim sifatini oshirish hali ham ustuvor vazifa bo‘lib turibdi. Masofaviy o‘qitish ulushining ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyatda biz talabalar bilan birgalikda ta’lim sifatini qanday nazorat qilish haqida o‘ylashimiz kerak. Fikrimcha, o‘quv sifatini an’anaviy (kunduzgi) formatda ham, masofadan turib ham kuzatib borish uchun talabalarni jalb qilish zarur. Avvalambor, biz volontyorlar harakatining rivojlanishini va talabalar faolligining o‘sishini rag‘batlantirishni rejalashtirmoqdamiz.

Universitet masofaviy ta’limga o‘tishni a’lo darajada bajardi. Bundan tashqari, biz nafaqat o‘quv jarayonini onlayn rejimga o‘tkazdik, balki universitetning ilmiy va ijtimoiy faoliyati: ilmiy-amaliy konferensiyalar, ba’zi talabalar tadbirlarini ham masofaviy tarzda o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik.

Shuningdek, Koreya xalqaro tadqiqotlar universiteti, Samarqand davlat universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti, Amaliy tilshunoslik markazi (AQSh) va Tarjima va madaniyatlararo tadqiqotlar markazi - CTIS (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda bir qator xalqaro konferensiyalar o‘tkazdik. O‘ylaymanki, ushbu amaliyotni ba’zi bosqichlar uchun saqlashimiz kerak. Chunki shu tariqa talabalar turli mamlakatlarning eng yaxshi ma’ruzachilarini eshitish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Biz nafaqat universitetda masofaviy ta’lim tizimini, balki asosiy videokonferensaloqa platformalarini ham o‘zlashtirdik, zamonaviy texnologiyalar tufayli o‘qituvchilar talabalar bilan jonli muloqotni saqlab qolishdi.

Yaqinda Birlashgan Millatlar tashkilotining Jahon Turizm tashkiloti (UNWTO) akademiyasi va Yevropa turizm universitetlari uyushmasi vakillari bilan o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi muhokama qilindi. Xususan, UNWTO akademiyasi va Yevropaning taniqli universitetlari bizning universitetimizga kelgusi yillarda akkreditatsiyadan o‘tgan eng yaxshi o‘qituvchilarni taqdim etadi. Turizm sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassislar o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Har bir fan yakunida talabalarimiz UNWTO akademiyasi sertifikatlarini olish imkoniga ega bo‘ladi.

Universitetga suhbat asosida malakali o‘qituvchilar ishga olindi

Iyun-iyul oylarida vaqtli matbuotda universitetga ishga taklif qilish bo‘yicha reklama berildi. Avgust oyining boshida o‘qituvchilarni qabul qilish uchun suhbat o‘tkazildi. Bu yilgi tanlov juda keskin, ammo adolatli o‘tdi. Ayniqsa, nomzodlar orasida nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olgan vatandoshlarimizning borligi quvonarlidir. Ushbu yosh kadrlar dunyoning eng nufuzli universitetlarining 500 taligiga kiruvchi xorijiy OTMlarda ta’lim olishgan, malaka va amaliy ko‘nikmalar to‘plashgan.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar ISO9001-2015 xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq ish olib boradilar va yoshlarga dunyo standartlariga mos shaklda ta’lim beradilar. Zero, universitet o‘quv dasturi xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Kategoriya OAV biz haqimizda

“Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (646-son, 12.10.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar joriy etiladi:

2020 yil 1 dekabrdan bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi;

2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda OTM bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

▪️ 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
▪️ 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
▪️ 2022-2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

Sertifikat berish uchun test savollari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tuziladi. Qaror bilan Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga muvofiq, sertifikat berish Davlat test markazi tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (334 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi. Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi. Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universitetida tayanch doktoranturaga (PhD) kirish imtihonlarini topshirish hamda mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat o‘tkazish JADVALI

 

Ixtisoslik shifri va nomi

Fan

Imtihon o‘tkazish kuni va vaqti

Imtihon o‘tkaziladigan joy

Tayanch doktorantura (PhD)

1

08.00.05 – Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

Mutaxassislik

2020 yil 18 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

Ingliz tili

2020 yil 20 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

2

08.00.11 – Marketing

Mutaxassislik

2020 yil 18 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

Ingliz tili

2020 yil 20 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

3

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

Mutaxassislik

2020 yil 18 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

Ingliz tili

2020 yil 20 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

Mustaqil izlanuvchilik

1

08.00.05 – Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

Mutaxassislik

2020 yil 23 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

Английский язык

2020 yil 24 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

2

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

Mutaxassislik

2020 yil 23 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

Ingliz tili

2020 yil 24 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

3

09.00.04 – Ijtimoiy falsafa

Mutaxassislik

2020 yil 23 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

Ingliz tili

2020 yil 24 noyabr, soat 15-00

Universitet binosi, 213-xona

 

Talabgorlar imtihon va suhbat o‘tkaziladigan paytdan yarim soat oldin hozir bo‘lishlari hamda o‘zlarining shaxslarini tasdiqlovchi hujjat (passport) bilan kelishlari shart. Ingliz tilidan yozma imtihon va suhbat o’tkaziladi.

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetida universitetida tayanch doktoranturaga (PhD) kirish imtihonlarini topshirish hamda mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat o‘tkazish asosi: 2020 yil 4-noyabrdagi №367-son Buyruq.

08.00.05 – Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

08.00.11 – Marketing

09.00.04 – Ijtimoiy falsafa

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 2020 yil 12 noyabr kuni Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashish uchun soat 8.30 da “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining bosh binosiga PASPORT bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovlari universitetda ta’lim jarayoni ingliz tilida olib borilishini inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 352-son Qarori talablari asosida 12-13 noyabr kunlari ikki kun davomida o‘tkaziladi.

Abituriyentlar ro‘yxati ilova qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 95 411-40-24, +998 90 224-14-42
Universitet manzili: Samarqand shahar, Universitet hiyoboni 17 uy

Universitet qabul komissiyasi

Kategoriya E'lonlar

2020-yil 4-noyabr kuni “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga "Yuksalish" umummilliy harakati raisi Bekmurodov Bobur Mansurovich boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad universitetning yangi "aqlli" kampusi bilan tanishish boʻldi.

Mehmonlar uchun kampus boʻylab, jumladan, o'quv-ishlab chiqarish majmuasi, universitet konferents-zali, oshxonasi, sport zalida taqdimot-ekskursiyalar uyushtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati tashkil etildi. 2019-yilning 25-yanvar kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

2020-yil 3-noyabr holatiga ko‘ra, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga hamkor xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan taqdim etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqishni istagan abituriyentlardan 60 dan ortiq ariza kelib tushdi.

Double Degree nima?
Qo‘shma ta’lim dasturlari - nafaqat xalqaro tajriba, balki bitta bakalavriat dasturi boʻyicha oʻqish davrida birdaniga ikki diplom sohibi boʻlish uchun ham ajoyib imkoniyatdir.
Oʻtgan ikki yil mobaynida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti dunyoning yetakchi oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ularning bir qismi bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha bitimlar imzolandi.

Ikki tomonlama diplom dasturlarining asosiy xususiyatlari va afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • xorijiy universitet bilan hamkorlikda qoʻshma dasturlar boʻyicha talabalarning salohiyati va koʻnikmalarini amalga oshirish;
  • ta’lim dasturlari va o'quv dasturlarining moslashuvchanligi;
  • oʻqitish tili - ingliz;
  • “Ipak yoʻli” va hamkor universitetni bitirgandan keyin bakalavr darajasiga ega boʻlish imkoniyati;
  • hamkor universitetda oʻqish davri va imtihon natijalarini avtomatik ravishda tan olinishi. Natijalar hamkor oliy oʻquv yurtlari bilan mavjud boʻlgan kelishuvlar, sifatni taʻminlashning umumiy tamoyillari va standartlari asosida hisoblanishi;
  • koʻp madaniyatli muhitda yashash imkoniyati.

Ta’kidlash joizki, chet elda oʻqish va bir vaqtning oʻzida ikkita diplom olish bilan bir qatorda qoʻshma ta’lim dasturlar boʻyicha oʻqish imkoniyatiga ega boʻlgan talabalar turli ijobiy tajribaga ega boʻlishadi. Oʻqish jarayoni keng koʻlamli amaliy koʻnikmalarni taqdim etishga qaratilgan yangi zamonaviy metodologiyalar asosida olib boriladi.

Statistika / Live

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

Kategoriya Yangiliklar
Yakshanba, 01 Noyabr 2020 14:05

Samarkand Half Marathon: ezgulik sari yugurish

Bugun, 2020-yil 1-noyabr kuni Samarqand shahrida "Samarkand Half Marathon" xayriya yarim marafoni doirasida yugurish bo‘lib o‘tdi.

Samarkand Half Marathon – Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda har yili o‘tkaziladigan xayriya tadbiridir.

E’tiborli jihati shundaki, yarim marafonning tashkiliy qo‘mita raisi – bugungi yugurish musobaqasida bevosita ishtirok etgan "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti rektori, Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovdir.

Shuningdek, yugurishda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va san’at arboblari, taniqli sportchilar qatnashdilar.

Ushbu xayriya tadbirida universitetimiz talabalari va xodimlari ham o‘z hissasini qo‘shishdi.

Avvalroq Aziz Abduhakimov bu yil yarim marafon virtual formatda o‘tkazilishini ta’kidlagan edi.

Samarqand yarim marafonidan yig‘ilgan barcha mablag‘lar autizmga chalingan bolalar uchun O‘zbekistondagi maktab-internatlarning birida bolalar badiiy studiyasini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Barcha ishtirokchilar uchun esa ma’ruzalar va seminarlar o‘tkaziladi. Ushbu ma’ruzalar keng jamoatchilikka autizmga chalingan kishilarning keng dunyoqarashi haqida tushuncha berishga ko‘maklashadi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar