Dushanba, 20 Dekabr 2021 14:44

XORIJLIK O'QITUVCHIMIZ BILAN TANISHING

Mariya Dog’mehchi, Tehron universiteti arxeologiya bo'limining kulolchilik yo’nalishi bo'yicha mutaxassisi. U arxeologiya sohasida tadqiqotchi, shuningdek, u qadimgi savdo va uning kelib chiqishini o'rganish uchun xom-ashyo mineralogiyasi, sopol buyumlarning spektroskopik, petrografik va geokimyoviy tahlillari borasida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Hozirda universitetimizning bakalavriat bosqichi talabalariga “Madaniy meros va ilmiy-tadqiqot uslubiyoti” fanidan dars bermoqda.

17-dekabr kuni Mariya Dog’mehchi “Buyuk Gorgan devori misolida ilm-fan va madaniy meros” mavzusida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun ma’ruza qildi. Uning eng ta’sirchan va innovatsion yutuqlaridan biri uning qadimiy kulolchilik buyumlarining kimyoviy va mineralogik tarkibini ilmiy tahlil qilishga qaratilganligi hisoblanadi.

O'qilgan 3637 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar