Juma, 24 Sentyabr 2021 05:07

“Minyoun Hospitality” rahbariyati “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

Dunyoga mashhur mehmonxonalar tarmog'i “Minyoun Hospitality” (Xitoy) delegatsiyasi “Ipak yoʻli” xalqaro Turizm universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad universitetning turizm sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi faoliyati bilan tanishish edi.

Uchrashuv davomida universitet va “Minyoun Hospitality” mehmonxonalar tarmog'i o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida universitet bazasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida restoran va mehmonxona sohasi mutaxassislari o'rtasida tajriba almashish uchun trening markazini tashkil etish imkoniyati batafsil muhokama qilindi.

Mehmonlar universitet talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar va ularga o'qishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

O'qilgan 308 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar