Juma, 20 Avgust 2021 11:44

"Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetida "Uch avlod uchrashuvi"

Joriy yilning 19 avgust kuni "Uch avlod uchrashuvi" ma'naviy-ma'rifiy tadbir doirasida "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetiga katta tajriba maktabi bo'lib o'tgan, yoshlar uchun namuna bo'lib xizmat qilayotgan keksa avlod vakillari tashrif buyurdi. Ushbu uchrashuvda keksa avlod ko'pincha boy hayot tajribasini yoshlar bilan o'rtoqlashdi, bu yerda yoshlarga samimiy va dono maslahatlar berildi.

  Tadbir davomida xalqarolashtirish va strategik rivojlantirish bo'yicha birinchi prorektor J.D.Eltazarov mehmonlarni yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasida faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, universitetning Smart-kampusi bo'ylab tanishtiruv ekskursiyasini o'tkazdi. Ochiq, ishonchli suhbat davomida faxriy mehmonlar o'zlarining professional amaliyoti va hayotidan turli holatlar haqida so'zlab berdilar.

  Tadbir bayram dasturxoni bilan yakunlandi.

O'qilgan 3010 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar