Dushanba, 31 Avgust 2020 06:57

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

Aziz hamkasblar! Muhtaram do’stlar!

“Ipak yo’li” xalqaro turizm universiteti ma’muriyati Sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!

Siz bilan biz shunday baxtli odamlarmizki, mana 29 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo’shilishiga o’z mehnatimiz bilan hissa qo’shmoqdamiz.

Mustaqillik bizga milliy o’ziga xosligimizni, or-nomus va g’ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo’lsin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

O'qilgan 17446 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar