Payshanba, 23 May 2024 09:52

Turkiy davlatlar universitetlar ittifoqi (TURKUNIB)ning VII Bosh Assambleyasining yig‘ilishi Baku shahridagi Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universitetida bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-may kuni Ozarbayjon Davlat Iqtisodiyot Universiteti (UNEC) raisligida Turkiy davlatlar universitetlar ittifoqi (TURKUNIB)ning VII Bosh Assambleyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbirda 50 ga yaqin universitet rektorlari, turkiy davlatlarning fan va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan UNEC rektori, professor Adalat Murodov ishtirokchilarni qutlab, TURKUNIB raisligi davrida UNEC tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida taqdimot qildi. 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan fan, ta’lim va ijtimoiy sohada ko‘plab faoliyat va loyihalarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi tayyorlanib TÜRKÜNİB Bosh Assambleyasiga taqdim etilganligi aytildi.

Bosh Assambleyada ishtirok etgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev ishtirokchilarni qutlab, tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida gapirdi: “60 ta yangi universitetdan TÜRKÜNİBga aʼzo boʻlish uchun berilgan arizalar tashkilotga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Bugun biz TÜRKÜNIBni yanada mustahkamlash yo'llarini muhokama qilamiz. Iyun oyida Shusha shahrida boʻlib oʻtadigan turkiy davlatlar taʼlim vazirlarining sakkizinchi yigʻilishi ushbu takliflarni qabul qilish va TÜRKÜNIBni yanada institutsionallashtirish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega”,-dedi Bosh kotib. Shuningdek yigʻilishda 60 ta universitetning aʼzolik uchun arizalari koʻrib chiqilishi va ittifoqning kelgusi faoliyati uchun muhim masalalar muhokama qilinishini maʼlum qildi.

Bosh Assambleya ochilish nutqlaridan so‘ng o‘z ishini muhokamalar bilan davom ettirdi. Yig‘ilishda TÜRKÜNİBga a’zo universitetlarning ilmiy va ta’lim dasturlarini uyg‘unlashtirish, almashinuv dasturlari sonini ko‘paytirish, diplomlarning ekvivalentligini e’tirof etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

O'qilgan 117 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar