Dushanba, 08 Aprel 2024 11:41

Universitetimiz mutasaddilari Xiva turizm va madaniy meros texnikumi faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 2-4-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. D.Nasimov, Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Xolboyev hamda Moddiy qiymatliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis H.Temirov Xorazm viloyatidagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumida bo‘lishdi. Dastlab mutasaddilar ta’lim maskanining  moddiy-texnik bazasi va o‘quv amaliyot laboratoriyalari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan yaqindan muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida universitetimiz mutasaddilari va texnikum o‘qituvchilari ta’lim jarayonini yanada yaxshilash, turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashdagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.  

O'qilgan 159 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar