Juma, 05 Aprel 2024 14:50

Ilmiy seminar ilmiy-amaliy loyihalarga qo'yiladigan talablar va grant loyihalar uchun takliflar tayyorlash mavzusiga bag‘ishlandi

Joriy yilning 4-aprel sanasida “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida professor-o'qituvchilar, xodimlar va ilmiy izlanuvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi. Seminarga Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali direktori o‘rinbosari Farhod Ahrorov taklif etildi.

Seminar davomida iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Farhod Ahrorov tomonidan xorijiy donor tashkilotlar tomonidan e'lon qilinib boriladigan ilmiy-amaliy loyihalarga qo'yiladigan talablar va grant loyihalar uchun takliflarni qanday tayyorlash to'g'risida ma'lumotlar berildi.

O'qilgan 148 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar