Payshanba, 04 Aprel 2024 15:52

Universitetimizda ish beruvchi tashkilotlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

3-aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqand viloyatida faoliyat olib boruvchi turistik korxonalar bilan uchrashuv o'tkazildi. Viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov olib borgan uchrashuvda turizm sohasiga mutasaddi bo‘lgan tashkilotlar, mehmonxona boshqaruvchilari ishtirok etdi. Tadbirda universitetimiz Horika bo‘limi boshlig‘i A.Sultonov oliygohimiz talabalarining turizim sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar bilan uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, amaliyot jarayonlari talabalarning ishtirokini ta’minlash kabi masalalarda o‘z firklarini bildirdi. Uchrashuvda barcha masalalar muhokama etildi hamda ularning taklif va mulohazalari eshitildi.

Malumot uchun hozirgi kunda Universitetimiz 300 dan ortik mehmonxona turfirma va kompanyalar bilan hamkorlik shartnomalari mavjud.

O'qilgan 159 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar