Dushanba, 01 Aprel 2024 17:12

Universitetimiz talabalar turar joyida “Kitob-ma'naviyat ko'zgusi” mavzusida kitobxonlik tadbiri o'tkazildi

Universitetimizda Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil yetish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilayapti.

Joriy yilning 1- aprel kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalar turar joyida, universitet  tyutori S.Abbasova tomonidan “Kitob-ma'naviyat ko'zgusi” mavzusida talabalar uchun kitobxonlik tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda  talabalar ingliz tilida mashhur mualliflarning she’rlarini o‘qib berishdi. Shundan so‘ng talabalar sahna asarlari qo‘yib o‘z iqtidor va aktyorlik mahoratlarini namoyish qilishdi.

 Kitob tadbiri davomida talabalar o'zlari tanlagan she'rlarini ingliz tilida aytish bilan birga oxirgi o'qigan kitoblari haqida gapirib berishdi.

O'qilgan 118 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar