Dushanba, 01 Aprel 2024 14:28

Universitetimiz talabalari mehr saxovatga muhtojlar holidan xabar oldi  

Ro‘zai ramazon kunlarida yakka, yolg‘iz nuroniylar, mehrga muhtoj bo‘lgan bemorlar xolidan xabar olish savob amallardan biri hisoblanadi.

Universitetimizning birinchi bosqich talabalari ham “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksa va nuroniylar holidan xabar olishdi. Oliygohimizning bir guruh birinchi bosqich talabalari, tyutоrlari boshchiligida Samarqand shahrida yakka, yolg‘iz istiqomat qiluvchi  keksa onaxon Svetlana Viktorova holidan xabar olishdi.

Shuningdek oliygohimizning birinchi bosqich Arch-123 va Tour-223 guruhi talabalari birgalikdagi Samarqand shahar Quyi Xo’ja sihat mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Lola Gulyamova xolidan xabar olishdi. Talabalarimiz Lola va uning onasi bilan yaqindan muloqot qilishdi. Samimiy suhbatdan so‘ng talabalarimiz Lolaning tezda sog‘ayib ketishini tilab unga kitoblar sovg‘a qilishdi.

O'qilgan 91 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar