Seshanba, 19 Mart 2024 13:14

NAVRO‘ZI OLAM MUBORAK!

Shu kunlarda yurtimizda xalqimizning milliy bayramlaridan bo‘lgan Navro‘z bayrami shukuhi kezib yuribdi. Bahorning kelishidan darak beruvchi, xalqimizning urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu bayram tadbirlari Samarqand shahrining markaziy istirohat bog‘ida keng nishonlandi.

Viloyatimizning barcha korxona va tashkilotlari, oliy ta’lim muasassalari ishtirok etgan bayram tantanalarida universitetimiz jamoasi ham faollikni qo‘ldan bermadi va Navro‘zi olamni ko‘tarinki ruhda nishonladi.

Markaziy istirohat bog‘idagi oliygohimizga ajratilgan hududda barcha tayyorgarliklar ko‘rilib, universitetimiz rahbariyati boshchiligida dasturxon bezatildi va unga turli milliy taomlarimiz tortiq qilindi. Dastlab bayram tadbirida universitetimiz Birinchi prorektori, professor Dilmurod Nasimov so‘z olib barchani ushbu milliy bayramimiz bilan chin dildan qutlab o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng bir tomonda milliy sport o‘yinlaridan arqon tortish, kurash musobaqalari tashkil qilingan bo‘lsa, yana bir tomonda “Navro‘zi olam muborak” nomli musiqali tadbirlar o‘tkazildi.

Bayram tadbirlarida universitetimiz talabalarining Xitoy, Koreya, Turkiya kabi davlatlarining milliy musiqalari, raqslari namoyish qilindi. Bu kabi o‘ziga xos milliy tomoshalar markaziy saylgohdagi barchani universitetimiz davrasiga jalb qildi. Bayram tadbirlari davom etmoqda.

O'qilgan 575 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar