Juma, 24 Mart 2023 09:30

Amaliyot - malakali mutahassislarni tayyorlash uchun zarur bo'lgan o'quv jarayonining majburiy tarkibiy qismi bo’lganligi sababli, universitetdan tashqarida – talabaning kelajakdagi mutaxassisligiga mos keladigan tashkilotlarda tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5270-sonli qaroriga asosan, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining
4-bosqich talabalari turizm va madaniy meros sohasidagi eng yaxshi korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashmoqda.

Universitet talabalarning keyingi ish bilan ta'minlanishiga oldindan g'amxo'rlik qilib, butun dunyoda tan olingan tizim – amaliyot+o'qishni joriy etgan va  amaliyot bo’yicha o’z hamkorlari, respublikamizdagi 120 ga yaqin potentsial ish beruvchi tashkilotlarni to'plagan va industry outreach program an'anasini boshlagan.

Joriy yilning mart oyidan boshlab, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  4-bosqich talabalari uchun, industry outreach program asosida  amaliyot jarayonini talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati holatiga iloji boricha o'xshash sharoitlarda, turizm va madaniy meros sohasidagi eng yaxshi korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashlarini  sifatli tashkillashtirmoqda. Amaliyot - malakali mutahassislarni tayyorlash uchun zarur bo'lgan o'quv jarayonining majburiy tarkibiy qismi bo’lganligi sababli, universitet devorlaridan tashqarida – talabaning kelajakdagi mutaxassisligiga mos keladigan muassasalar yoki tashkilotlarda tashkil etildi.

Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash muammosi biz uchun juda muhim, amaliyot bo’yicha ish beruvchilar bilan hamkorlik ushbu qiyin muammoni hal qilishga yordam beradi.

O'qilgan 1878 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar