Payshanba, 24 Noyabr 2022 15:04

Xitoy elchixonasi tashabbusi bilan Xitoy tilini boshlangich darajada o’rganayotgan talabalar o’rtasidagi musobaqa g'oliblari uchun bir martalik grant e’lon qilindi

Xitoy elchixonasi tashabbusi bilan Xitoy tilini boshlangich darajada o’rganayotgan talabalar o’rtasidagi musobaqa g'oliblari uchun bir martalik grant e’lon qilindi. joriy yilning 14- noyabr kuni universitetimizning xitoy tili o’qituvchilari K. Baykabilov hamda O. Nabiev rahbarligida o’tkazilgan oraliq nazorat imtihon natijalariga ko’ra, xitoy tilini boshlang’ich darajada o’rganayotgan talabalar orasidan eng yaxshi natija ko’rsatgan uch nafar talaba aniqlab olindi. Ular Bakaeva Iroda (Guid 220), Akbar Khasanov (Tour 320), Yusupova Odinaxonlardir. 21-noyabr kuni o’qituvchi Baykabilov K. boshchiligida Toshkent shahridagi Xitoy elchixonasi tomonidan mazkur talabalarning har biriga bir martalik to’rt million so’m miqdoridagi rag’bat pullari to’lab berildi. Taqdirlash marosimi xitoy elchixonasi vakili Mr. Lou amalga oshirdi va talabalarning kelgusidagi o’qishlariga omad tiladi.

O'qilgan 1891 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar