Juma, 27 May 2022 17:24

“Polyglot” o‘quv markazi oʻquvchilari “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi

2022-yil 26-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Samarqand shahrida joylashgan “Polyglot” o‘quv markazi oʻquvchilari tashrif buyurishdi.

Abituriyentlarga universitetda turizmga qiziquvchi yoshlarning mazkur sohani tubdan o‘rganishi, bilim bazasini to‘ldirishi, xususan, keng qamrovli universitet kutubxonasining cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgani aytib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, maktablar, texnikumlar va o‘quv markazlari oʻquvchilari – universitetdagi o‘quv jarayoni, talabalari hayoti, shuningdek, “Smart Campus” noyob infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish uchun “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga doimiy asosda taklif etiladi.

O'qilgan 2743 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar