Shanba, 07 May 2022 16:50

Hayotimizdagi o‘qituvchilar

?   Atrofimdagi biror insondan ko‘nglim to‘lmaydi, hech kim yoqmaydi. Negaligini o‘zim ham bilmayman. Muammo o‘zimdadir, balki...

   Bu hayotda hech narsa o‘z-o‘zidan yoki tasodifan bo‘lmaydi. Chunonchi, atrofingizdagi u yoki bu insonning paydo bo‘lishi ham bejizga emas. Ularning har biri hayotdan saboq beruvchi eng zo‘r muallim, o‘qituvchi missiyasini bajarish uchun kelgan. Biri baxt-surur, ikkinchisi g‘am-qayg‘u, uchinchisi hayotiy tajriba, to‘rtinchi bir inson esa biror yangi “fan”dan ustozlik qilishi mumkin.

      Hayotingiz qay yo‘sinda kechishidan, nima ro‘y berishidan qat’iy nazar, hayotingizga kirib borgan, atrofingizda yurgan har bir insonga minnatdorchilik izhor etmog‘ingiz lozim.

Shodu xurramlik baxsh etgan unutilmas daqiqalar;

... oltinga teng sururli damlar;

... yurakni o‘rtagan go‘zal hislar;

... birgina samimiy tabassum;

... duv-duv to‘kilgan ko‘zyoshlar;

... hayotiy zarbalar, to‘fon, dovullar uchun rahmat ayting.

      Chunki aynan mana shu ijobiy va salbiy holatlar sizni yanada kuchliroq, donoroq, aqlliroq, yaxshiroq bo‘lishingizga sababchi bo‘ldi. Shunday emasmi?  Dunyoda bir xil inson bo‘lmaydi. Hamma o‘z dunyoqarashi, hayotiy pozitsiyasiga ega. Qanday bo‘lsak, shu turishimizda o‘zimizni ham, boshqalarni ham qabul qilmog‘imiz darkor. Butun borlig‘i bilan hayotingizga kirib kelgan yoki vaqtinchalik bo‘lsa-da, mehmon bo‘lgan har bir insondan minnatdor bo‘ling.

 

O'qilgan 2531 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar