Seshanba, 12 Aprel 2022 10:57

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asarida Temuriylar Renessansi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbiri

2022 yilning 11-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asarida Temuriylar Renessansi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonni barpo etish g‘oyasi va Uchinchi Renessans asosini yaratish borasidagi tashabbusi bugun reallikka ko‘cha boshlagani, Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangrayotgani, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirayotgani tadbir davomida ta’kidlandi.

O'qilgan 2929 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar