Payshanba, 31 Avgust 2023 16:53

Nomdor davlat stipendiyalari ko‘paydi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 21-avgustdagi 376-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim muassasalari 3-4-bosqich talabalari uchun amalda bo‘lgan nomdor stipendiyalar qatoriga yana ikkita nomdor stipendiyalar – jismoniy madaniyat va sport yo‘nalishida Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi hamda tarix va geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha  Bobur nomli davlat stipendiyasi qo‘shildi.…
O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan joriy yilning avgust oyida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga ispan va ingliz tilida kitob va jurnallardan iborat yangi to‘plam sovg‘a qilindi. Ushbu kitoblar Ispan tarixi, madaniyati, turizmi, adabiyoti va me’morchiligiga bag‘ishlangan bo‘lib, professor-o‘qituvchi va talabalarimizning ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida bevosita foydalanish…
Joriy yilning 23-avgust kuni Turkiyadagi Sakarya Uygulamali Bilimler Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov kutib oldi va bugungi kunda oliygohda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, o‘zaro tajriba almashishda Turkiyadagi universitetlar…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23 avgustida Oqdaryo tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda tumandagi 35 ta mahalla xotin-qizlar faollari uchun…
Joriy yilning 22-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova boshchiligida yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi mutaxassisi hamda guruh tyutori ishtirokida yangi o‘quv yilida talaba-qizlarni  ijara xonadonlariga joylashtirish maqsadida Samarqand shahrida qator mahalla fuqarolar yig‘inlaridaga xonadonlarda bo‘lishdi. Universitet mutaxassislari dastlab “Alisher Navoiy”…
Joriy yilning 23 avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tgan yili Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida eng yaxshi deb topilgan milliy libosni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ma’lumki, Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan “Miss Xalqaro-2022“ tanlovida ilk bor yurtimiz vakili Nigina Faxriddinova qatnashib “Eng zo‘r milliy libos”…
73 dan 288 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar