Yangiliklar: Fevral 2024

         Kecha, 1-fevral kuni Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyatining Xalqaro aloqalar Departamenti rahbari TASUYA HITOMI janoblari boshchiligidagi  delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Nara prefekturasi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr almashildi. Samarqand bilan birodarlashgan Nara shahri OTMlari talabalari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universitesi talabalari ishtirokida oktabr oyida do‘stlik va hamkorlik festivali tashkil etishga kelishildi.

         Shuningdek, Nara shahridagi OTMlar bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, yapon va o‘zbek tillarini o‘qitishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Kategoriya Yangiliklar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Ma’lumot uchun: Mazkur tanlovda o‘zining ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga arizalar joriy yilning 15-yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar tanlovning rasmiy sayti (www.vorislar.uz)dan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Kategoriya E'lonlar
6 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar