Yangiliklar: Yanvar 2022

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni O‘zbekiston Respublikasi taqvimidagi eng muhim voqealardan biridir. Ammo bu kunda yana bir bayram – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 30 yilligi ham nishonlanadi.

14-yanvar shunchaki urushlar va og‘ir yillar davomida Vatan himoyasida bo‘lgan askar va jangchilarni sharaflash kuni emas, balki tinchlik davrida Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishga tayyor bo‘lgan, Vatanimiz aholisi boshi uzra osuda osmon bo‘lishi uchun bor kuchini ishga solgan barchaga hurmat va ehtirom bildiradigan kun.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rahbariyati ushbu qadr-qimmat, mardlik va o‘z Vataniga sadoqat bayrami bilan universitetimizning barcha erkaklarini tabriklaydi! Boshingiz uzra omonlik va musaffo osmon yurtimizni tark etmasin!

Kategoriya Yangiliklar

UNECE (Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi) ESD bo'yicha Yoshlar platformasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish uchun ta'lim bo'yicha Boshqaruvchi qo'mitasi (ESD) yoshlar va ESD bo'yicha maqolalar va/yoki amaliy tadqiqotlarni taklif qilmoqda. Ushbu nashrning maqsadi boshqa mintaqalarda bo'lgani kabi BMT YEIK mintaqasida ham yoshlarni keng jalb qilish nazariyasi va amaliyotiga oid misollarni birlashtirish va barqaror rivojlanish va yoshlar uchun ta'limga oid muvaffaqiyatli yondashuvlarni namoyish etishdan iborat. ESD barcha yoshdagi o'quvchilarga biz duch keladigan o'zaro bog'liq global muammolarni, jumladan, iqlim o'zgarishi, atrof-muhitning degradatsiyasi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi, qashshoqlik va tengsizlikni hal qilish uchun bilim, ko'nikma, qadriyatlar va yondashuvlarni taqdim etadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi hujjatga qarang!

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 12 Yanvar 2022 11:11

Dunyoning Ajoyib Mehmonxonalari

Biz avvalroq Top-9 ta noodatiy mehmonxonalar haqida yozgan edik. Sizni rektorimiz A.A.Abduhakimov tomonidan taqdim etilgan va universitetimiz kutubxonasidan topishingiz mumkin bo‘lgan shunga o’xshash ma’lumotlar bor bo’lgan boshqa kitoblar haqida ko‘proq ma’lumot olishga taklif qilamiz.

Siz hech qachon gigant it mehmonxonasida uxlaganmisiz? Yoki daraxt-uyda tong orttirishnichi?

"Ekstremal mehmonxonalar" sizni eng noodatiy mehmonxonalar va dam olish lagerlari bo'ylab aql bovar qilmaydigan sayohatga taklif qiladi. Omon qolish kapsulasi va cherkov-mehmonxonadan tortib to Hobbit moteli, suv osti kotteji, iglu qishlog'i va chiqindi quvurlar ko'rinishidagi mehmonxonagach

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil, 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-sonli qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qarorda turizm ta’limi tizimidagi 50 nafar yosh tadqiqotchilarni dunyoning eng ilg‘or OTMlaridagi magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun "El-yurt umidi" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2022-2023-yillarda jo‘natilishi lozimligi belgilangan. Mazkur qaror ijrosi bo‘yicha joriy yilning 10-yanvar kuni "El-yurt umidi" jamg‘armasi direktori o‘rinbosari, i.f.n. (PhD) J.Ahmedov va jamg‘armaning mas’ul xodimlari ishtirokida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistrlari, doktorantlari va o‘qituvchilari uchun onlayn shaklda amaliy seminar tashkil etildi.

 

Amaliy seminarda jamg‘armaning 2022-yil uchun e’lon qilingan tanlov shartlari, asosiy tushunchalar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Seminarda Turizm va sport vazirligi, Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish hamda tadqiqotlar departamenti direktori A.Eshtayev ishtirok etdi hamda mamlakatimiz turizm ta’limi tizimidagi yosh izlanuvchilar uchun bu juda yaxshi imkoniyat ekanligi xususida so‘zladi.
Shuningdek, universitet tadqiqotchilari va o‘qituvchilari "El-yurt umidi" jamg‘armasi xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 07 Yanvar 2022 13:30

Yapon Tilidagi Kitoblar To'plami

Yapon tiliga qiziquvchilar va o'rganuvchilar, shu tilda asl nusxada kitob o'qishni xohlovchilar sirasiga kirasizmi, unda siz uchun xushxabar. Universitetimiz kutubxonasida yapon tilidagi kitoblar to‘plami namoyish etilgan. Aytish joizki, ushbu kitoblar rektorimiz A.A. Abduhakimov tomonidan universitet kutubxonasiga sovg’a qilingan.


Bu to‘plam turli janrdagi kitoblarni o‘z ichiga olgan va turli tasviriy naqshlar bilan boyitilgan. Har kim o'z didi va janridagi kitoblarni topishi mumkin. Yaponiya tili va madaniyatini o'rganish uchun ajoyib imkoniyatdan foydalaning.

ありがとう!

Kategoriya Yangiliklar

2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.

Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi haqida ma’lumot berilgan edi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarning yana 13 tasi ishga tushib, ularning soni jami 18 taga yetdi. Endilikda ushbu xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar