Yangiliklar: Oktyabr 2022

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni”ni keng nishonlash va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida “Tillar” kafedrasi hamda “Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar” bo‘limi tashabbusi bilan universitet talabalari o‘rtasida “Til bilimdonlari” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Zakovat o‘yinida 50 ga yaqin ishtirokchi til, o‘zbek tili va leksikologiyaga doir berilgan savollar bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rishdi. Hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, 1-o‘rinni “Omicron” jamoasi, 2-o‘rinni “Pantagram” jamoasi, 3-o‘rinni “Urfan” jamoasi qo‘lga kiritdi. Gʻolib jamoalarning a’zolari va intellektual o‘yinda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar esdalik sovg‘alar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 21 Oktyabr 2022 16:47

"Lider qizlar" klubi yetakchilari

O'zbekiston Respublikasida 21-oktabr- Davlat tili bayrami kuni munosabati bilan universitet Xotin-qizlar kengashi qoshida tashkil etilgan "Lider qizlar" to'garagi a'zolaridan bo'lgan talaba qizlarimiz Baxromqulova Fotima Va Bahromqulova Zuxrolar "Zulfiyaxonim qizlari" respublika ko'rik-tanlovining shahar bosqichida ishtirok etishdi hamda ushbu bayram arafasida Samarqand teleradiokpmaniyasiga Til bayramiga bag'ishlangan fikr-mulohazalari bo'yicha intervyu berishdi, she'r o'qishdi.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari va tyutorlari “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida bayram tadbirida ishtirok etishmoqda!

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasi tomonidan Kazan shahrida birinchi marotaba kompyuter va klassik sport (Игры будущего) bo‘yicha millatlararo musobaqa o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa kibersport, robototexnika, virtual va kengaytirilgan reallik (VR va AR), axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi so‘ngi ishlanmalarni qamrab oladi. Musobaqa 9 kun davomida 16 ta texnologik yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 18 oktyabr kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Fujiyama Yoshinori janoblari “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Fujiyama Yoshinori janoblari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori A.Abduhakimov bilan rasmiy suhbat o‘tkazdi. Tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Rektor mustahkam ishchi aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ikki davlat oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qituvchilarining to‘siqsiz harakatlanishi uchun akademik ko‘prik tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Yaponiyaning O'zbekistondagi elchisi Fujiyama Yoshinori universitet kutubxona fondiga noyob ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar to‘plamini sovg‘a qildi. Taqdim etilgan kitoblar Yaponiyaning turizm, madaniyat va urf-odatlarga oid soʻnggi tadqiqot ma’lumotlarini mavjud bo'lib, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ilmiy izlanish va ta’lim jarayonida katta foyda berishi shubhasiz.

Kategoriya Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Prezidentligiga saylangandan keyin “O‘zbekiston Respublikasini 2022–2026 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nomli ulug‘vor va keng qamrovli chora-tadbirlardan iborat hujjat ishlab chiqqan edi. Mazkur strategiyani hayotga tatbiq etish davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilib, jamiyatimiz, xalqimizni butunlay o‘zgartirib yubordi

2022 yilning 20-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan talabalari uchun “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”  ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusidagi prezentaziyada:

Harakatlar strategiyasi doirasida, avvalo, inson huquqlarini ta’minlash, davlat tashkilotlarining faoliyati, mas’uliyati va shaffofligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish borasida ulkan tadbirlar amalga oshirildi.

Haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida tashqi savdo, soliq va moliya siyosati liberallashtirildi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash tizimi yaratildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish ta’minlandi.

Aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olinib, yangi va munosib ish o‘rinlari yaratish, aholini malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash holati yaxshilandi.

Muxtasar aytganda, 2017–2021 yillar mobaynida amalga oshirilgan Harakatlar strategiyasi natijasida yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.

Natijada mamlakatimizda jamiyatimiz rivojining keyingi bosqichiga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Ya’ni, xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoq va sohalarini transformatsiya qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari, manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangani tog’risidagi ma’lumotlarni aytib o’tdi .

Taraqqiyot strategiyasi 2021 yilda o‘tkazilgan Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Inson qadri uchun”, “Davlat – inson uchun”, degan g‘oyalar hamda “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari”, tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘tgan davr mobaynida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi va unda bildirilgan 17 ming 500 dan ortiq taklif va tavsiyalar e’tiborga olinganini ta’kidladi.

 

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga  2022 yil 19 oktabr kuni Nara shahri meri Motonobu Nakagavi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida Nara shahrida joylashgan universitetlar o‘rtasida munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda ilm-fan sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, aloqalarni izchil yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilindi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 20 Oktyabr 2022 11:49

18 oktyabr - Samarqand shahri kuni

Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida 2022 yilning 18-oktabrida Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram ko‘rgazmasida «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  jamoasi va talaba yoshlari ham faol ishtirok etishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 6-9 oktyabr kunlari ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig’i N.Mansurova va “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidikova Afyon-Karaxisar (Turkiya) shahrida bo‘lib o‘tgan gastronomik turizmni o‘rganish bo‘yicha VI xalqaro kongressda ishtirok etishdi.

Uch kunlik ilmiy sessiyalar davomida “Ipak yo‘li” universiteti vakillari  “Gastronomy tourism in Uzbekistan”- M.Sidikova, “Сharacteristics and development tendencies of gastronomic tourism in the global economy”- N.Mansurova kabi ma’ruzalar qildilar.  Ushbu sohadagi mutaxassislar yaqin do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga va gastronomiya bo‘yicha tajriba almashishga muvaffaq bo‘lishdi.

Hindiston, Bangladesh, Indoneziya, Shri-Lanka, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Tunis, Jazoir, Qozog’iston, Qirg’iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarning 200 dan ortiq olimlari ishtirokida jami 132 dan ortiq maqolalar taqdim etildi.

Ushbu Kongressning maqsadi gastronomik tadqiqotlarni rivojlantirish, ushbu sohaga tegishli tadqiqotchilarni birlashtirish va gastronomik turizm markazida akademik hamkorlikni kengaytirishdir.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar