Dushanba, 30 Noyabr 2020 12:01

⚡ Talabalar Parlamentiga Prezident saylovi

⚡ Выборы в студенческий Парламент! ⚡ Выборы в студенческий Парламент! Copyright © Zafar Design

Hurmatli talaba! Sizda liderlik qobiliyati bormi? Siz universitetning strategik rivojlanishida ishtirok etishga tayyormisiz? Chetda qolmang, bu sizning imkoniyatingiz boʻlishi mumkin!

“Ipak yoʻli” universiteti ma’muriyati talabalar Parlamentiga Prezident saylovi boshlanganligini e’lon qiladi!

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalar Parlamentiga Prezident saylovi quyidagi mezonlarga muvofiq oʻtkaziladi:

  • ixtiyoriylik;
  • oshkoralik;
  • xolislik;
  • huquqlarning tengligi;
  • tashabbus.

Asosiysi, nomzodlar oʻziga ishongan, faol hayotiy pozitsiyaga, yetakchilik fazilatlariga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
Har bir universitet talabasi talabalar Parlamentiga saylash va saylanish huquqiga ega. Ovoz berish huquqi boʻyicha hech qanday imtiyoz va cheklovlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kunduzgi oʻquv shaklida oʻqiyotgan har bir talaba oʻz nomidan talabalar Parlamenti Prezidentlikka nomzodini qoʻyishi mumkin.

Prezidentlikka nomzodlardan nima talab qilinadi?

  • kamida uch tilni: oʻzbek, rus va chet tillarini bilish;
  • vitse-prezidentlikka oʻz nomzodlarini koʻrsatish;
  • “Men talabalar Parlamentining Prezidentiman” mavzusida qisqa videorolik tayyorlash, unda nomzod kelajakdagi ish rejalari, ushbu lavozimga strategik qarashlari va erkin mavzuni taqdim etishi kerak boʻladi.

Talabalar Parlamenti Prezidenti boʻlishga qaror qilgan har bir talaba yuqorida koʻrsatilgan talablarga sifatli va mas’uliyat bilan yondashadi deb umid qilamiz.
Barcha qoʻshimcha savollar bilan edvayzerlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Broshyurani yuklab olish (PNG)

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar