Dushanba, 23 Avgust 2021 13:14

“Smart kampus”da turizm sohasida MAGISTRATURAga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlovchi talabgorlarning taklifiga binoan, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish muddati 2021- yil 10-sentabrga qadar uzaytirildi.

Test sinovlari 2021-yil 14-15-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hujjatlarni qabul qilish universitet rasmiy saytining https://admissions.univ-silkroad.uz/index.php  havolasi orqali 2021- yil 10-sentabrga qadar amalga oshiriladi.

Eslatma: “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqishga kirish uchun IELTS (6,5 dan yuqori), TOEFL (79 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinishi uchun sertifikatni 2021-yil 1-oktabrgacha taqdim etish imkoni beriladi.

Agar abituriyent 2021-yil 20-avgustdan 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘yicha imtihonlarni topshirib, tegishli ball toʻplagan boʻlsa, mazkur abituriyentlarning til boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.

Ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, ta’lim tili ingliz tilida olib boriladigan mamlakatimizdagi nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilaridan universitetning magistratura mutaxassisliklariga ro‘yxatdan otishda ingliz tilini bilish darajasi boyicha milliy yoki xalqaro sertifikat talab etilmaydi.

Universitet magistratura mutaxassisligiga kirish uchun talabgorlar ingliz tilidan tegishli sertifikatga ega bolishlari bilan birga, mutaxassislik fanidan test sinovini topshirishlari shart. Ushbu test sinovi sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan Examus onlayn proktoring tizimi orqali amalga oshiriladi.

Talabgor onlayn testni universitetda imtihon uchun ajratilgan xonada yoki o‘ziga qulay joyda (uyida, ishxonasida) zarur texnik talablarga javob beradigan internet va shaxsiy kompyuter mavjud bo‘lganda topshirishi mumkin. Agar talabgor testni o‘ziga qulay joyda shaxsiy kompyuteri vositasida topshirsa, internetga barqaror ulanishini ta’minlash uning o‘z zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun universitet rasmiy sayti yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998973978285 (Telegram, WhatsApp)

+998662406770

+998662408616

+998662408606

+998662406786

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar