E’LON
Xorijiy talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasi
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasi o‘tkaziladi.
Olimpiada ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasi va undan foydalanish ko‘nikmalarini, shuningdek, O‘zbekistonning milliy madaniyati va merosi haqidagi tushunchalarini baholashga qaratilgan.
Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi: • Tinglab tushunish (Listening) – og‘zaki o‘zbekcha matnlar va muloqotni tushunish; • O‘qib tushunish (Reading) – yozma matnlarni tushunish va tahlil qilish; • Grammatika (Grammar) – lug‘at boyligi va grammatik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalanish; • Yozish (Writing) – berilgan yoki erkin tanlangan mavzuda insho yozish; • Gapirish (Speaking) – erkin tanlangan mavzuda gapirish va muloqotda ishtirok etish; • Milliy va madaniy bilimlar – O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, an’analari, urf-odatlari, maqol va matallari bo‘yicha bilimlar.
Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi: Birinchi bosqich – Universitet bosqichi: universitetdagi xorijiy talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi. 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Ikkinchi bosqich – Respublika bosqichi: Universitet bosqichi g‘oliblari o‘rtasida Vazirlik tomonidan belgilangan mezbon universitetda o‘tkaziladi.
Respublika bosqichi g‘oliblari I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlanadilar.
Ishtirok etishga qiziqqan xorijiy talabalarni ro‘yxatdan o‘tishga va ushbu akademik tadbirda faol qatnashishga taklif etamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 24-sentabr, soat 12:00 gacha.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: Irina Qodirova 320-xona
Telegram: @Muhamednzira