Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

22.09.2026

E’LON

MAQOLALAR TANLOVI E’LON QILINADI!

Talaba-yoshlarni ijodiy izlanish, mustaqil fikrlash va Vatanga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga chorlovchi publitsistik maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

Maqola mavzulari:

«Ona Vatanimning buyuk farzandlari»

«O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman»

«Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim»

Tanlovda universitetning barcha fakultet va ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar tanlovda ixtiyoriy va bepul ishtirok etishlari mumkin. Har bir ishtirokchi tanlangan mavzu bo‘yicha bitta publitsistik maqola taqdim etadi.

Maqolaga qo‘yiladigan talablar:

tanlangan mavzuga mos bo‘lishi;

muallifning mustaqil fikri va shaxsiy pozitsiyasini aks ettirishi;

hayotiy kuzatuvlar, tahliliy fikrlar va dalillarga asoslanishi;

4–6 bet hajmda bo‘lishi;

Times New Roman, 14 shrift, 1,5 interval asosida rasmiylashtirilishi;

foydalanilgan manbalarga tegishli havolalarni o‘z ichiga olishi;

ko‘chirmachilik va plagiatdan xoli bo‘lishi lozim.

Tanlov yakunida I, II va III o‘rin sohiblari aniqlanib, taqdirlanadi. Eng yaxshi maqolalar universitetning rasmiy axborot resurslari, veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinishi mumkin.

📅 Tanlov muddati: 30-sentabr

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

@Aziz_Khodjaniyazov

Barcha talaba-yoshlarni mazkur tanlovda faol ishtirok etib, Vatan, uning tarixi va kelajagi haqidagi fikrlarini ijodiy va publitsistik yondashuv orqali namoyon etishga chorlaymiz!