22-SENTABR — BUTUNJAHON AVTOMOBILSIZ KUN
22-SENTABR — BUTUNJAHON AVTOMOBILSIZ KUN
22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni munosabati bilan universitetda ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tashabbus amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan talaba-yoshlar va universitet jamoasi a’zolarini 22-sentabr kuni imkon qadar ekologik toza transport vositalari ya'ni velosiped va samokatlardan, shuningdek, jamoat transportidan foydalanishga chorlaymiz.
Mazkur tashabbus orqali tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
🌱 Tabiatni asrash — har birimizning mas’uliyatimiz!