Talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
2026-yil 24-sentabr kuni universitetimizda Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida savodxonlikni oshirish, bilimli, iqtidorli va har tomonlama yetuk yoshlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, talabalarning intellektual salohiyati va kasbiy mahoratini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
“Zakovat” intellektual o‘yinining asosiy maqsadi talaba-qizlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Bellashuvda universitet rektori M. Xolmuxamedov, Kutubxona bo‘limi boshlig‘i N. Sidiqov, universitet yoshlar yetakchisi X. Toshpo‘latov, universitet psixologi D. Turdiyeva hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi D. Vastayeva ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jami 96 nafar talaba-qiz ishtirok etib, 6 nafardan iborat 16 ta jamoa bilimlar maydonida o‘zaro bellashdi.
O'yin natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — “Apex One” jamoasi;
2-o‘rin — “Qizlarjon” jamoasi;
3-o‘rin — “Bibixonim” jamoasi bo'ldi.
Shuningdek, bellashuv davomida “Eng zukko ishtirokchi” va “Eng yaxshi jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.