Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ta’lim jarayonidagi yangiliklar yuzasidan brifing o‘tkazildi

24.09.2026 1 daq o'qish 65

Ta’lim jarayonidagi yangiliklar yuzasidan brifing o‘tkazildi

Bugun, 24-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim jarayonidagi yangiliklar va so‘nggi o‘zgarishlar to'g'risida brifing tashkil etildi.

Brifingda universitetning birinchi prorektori Dilmurod Nasimov ishtirok etib, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, o‘quv jarayoniga joriy etilayotgan yangi tartib va imkoniyatlar, shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumot berdi.

Tadbir davomida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda talabalarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, brifing ishtirokchilarining ta’lim jarayoniga oid savollariga javob berilib, mavjud masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar taqdim etildi.

Galereya

Ulashish: