Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Rahbariyat vazifalari

Maʼmuriy masalalar bo'yicha birinchi prorektorining lavozim vazifalari

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

  • Talaba-yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qilish;

  • Ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni ta’minlash;

  • Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq- tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

  • Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;

  • Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish. Ta’lim muassasasida talaba-o‘quvchilarning qiziqishlariga muvofiq yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar, kichik korxonalar, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan (haq to‘lanadigan) tuzilmalar tashkil etish;

  • Ta’lim muassasasida talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;

  • Ta’lim muassasasi sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

  • Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;

  • Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va ta’lim muassasasining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;

  • Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;

  • Professor-o‘qituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori muomala madaniyatini tarkib toptirish.

  • Xalqaro konferensiyalar simpozimlar va anjumanlarni tashkil etish xalqaro ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish va natijalarni tatbiq etish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakul’tet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflarni tayyorlash;

  • Xorijiy iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish;

  • Xalqaro bo’lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barchailmiy-tadqiqotishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o’kazish monitoringini olib borish;