Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga start berildi

23.09.2026 1 daq o'qish 207

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga start berildi

Universitetimizda talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi rasman boshlandi.

Musobaqalarning ochilish marosimida universitet rektori M. Xolmuxammedov, Sport klub menejeri Z. Kafiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari G. Mirzakobilova, Sh. Zayniddinova, Sh. Aralova va Sh. Nurmatov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning sportdagi iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan ishlarning ahamiyati ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalariga rasman start berildi.

Galereya

Ulashish: