Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

24.09.2026 1 daq o'qish 58

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun, universitetimizda talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

An’anaga ko‘ra, “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda universitet rektori M. Xolmuxamedov hamda Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Muxtor Urunov ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni turli yot g‘oyalar va huquqbuzarliklardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, iqtidorli talabalarni aniqlash va rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Yoshlar bilan bevosita muloqot davomida ularning muammolari va ehtiyojlari tinglandi.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni ko‘rib chiqish, ko‘tarilgan masalalarni hal etish hamda ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Galereya

Ulashish: