Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

23.09.2026

E’LON

“Toza shahar” mavzusida o‘quv leksiyalari o‘tkaziladi

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Osiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda aholi va yoshlarning ekologik bilim va tushunchalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida yoshlar, aholi, ekofaollar, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining ekologik madaniyati va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish loyihasi” doirasida “Toza shahar” mavzusida o‘quv leksiyasi tashkil etiladi.

🗓 Sana: 23, 25 va 29-sentyabr

⏰ Vaqt: 10:00

Tadbir davomida , qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish va sirkulyar iqtisodiyot masalalari yuzasidan ishtirokchilarga muhim ma’lumotlar taqdim etiladi.