Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

18.09.2026

E’LON

“Smart kitob” — maxsus infografikalar to‘plami

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida “Smart kitob” nomli maxsus infografikalar to‘plami tayyorlandi.

To‘plamda nutqda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari, jumladan, yetti yillik dasturning mazmun-mohiyati infografikalar orqali yoritilgan.

“Smart kitob”dan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’rifiy tadbirlar hamda o‘quv jarayonida ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin.