Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha “Silk Road Samarqand” xalqaro turizm markazidagi anjumanga jalb qilingan mehmonxonalar xodimlarining malakasini oshirish yuzasidan 10 soatga mo'ljallangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
O'quv seminar joriy yilning 1-3-aprel kunlari "Hilton Samarkand Regency" mehmonxonasida tashkil etilib, "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Ishtirokchilarga turizm sohasidagi so'nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar, mehmonxonalarda xizmat ko'rsatish etikasi, muomila madaniyati hamda bo'lib o'tilishi kutilayotgan anjuman haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Yakunda seminarda ishtirok etgan jami 82 nafar ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.