26.10.2026
1 daq o'qish
18
“Rektor kubogi” doirasida futbol musobaqasi o‘tkazildi
2026-yil 24-25-oktabr kunlari universitet talabalar turar joyida “Rektor kubogi” doirasida ommaviy sport musobaqalarining mini futbol turi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Musobaqada talabalar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, maydonda jamoaviy hamkorlik, chaqqonlik va sport mahoratlarini namoyon etdilar.
Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.