Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Gretsiya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi universitetimizga taşrif buyurdi

27.10.2026 1 daq o'qish 24

Gretsiya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi universitetimizga taşrif buyurdi

Bugun, Samarqand şahriga taşrifi doirasida Gretsiya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Paraskevi (Vula) Tzeveleki xonim universitetimizga taşrif buyurdi.

Taşrif davomida Elçi xonim universitet rahbariyati bilan uçraşib, Gretsiya va Özbekiston örtasida turizm va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş, xususan, universitetimiz va Gretsiyadagi oliy ta’lim muassasalari örtasida hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş imkoniyatlarini muhokama qildi.

Uçraşuvda talabalar ham iştirok etib, xalqaro hamkorlik, ta’lim va turizm sohasidagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almaşişdi.

Taşrif doirasida Paraskevi (Vula) Tzeveleki xonim universitet talabalari uçun Gretsiyaning turizm sanoati haqida taqdimot ham ötkazdi. Taqdimot davomida Gretsiyaning turizm sohasi, uning rivojlaniş yönalişlari va mamlakat iqtisodiyotidagi örni haqida talabalar bilan fikr almaşildi.

Elçining universitetimizga taşrifi Gretsiya oliy ta’lim muassasalari bilan yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantiriş va talabalar uçun xalqaro tajriba almaşinuvi imkoniyatlarini kengaytiriş yölidagi muhim qadam böldi.

Galereya

Ulashish: