Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimiz vakillari “InnoWeek–2026” xalqaro haftaligida ishtirok etmoqda

27.10.2026 1 daq o'qish 20

Universitetimiz vakillari “InnoWeek–2026” xalqaro haftaligida ishtirok etmoqda

Toshkent shahrida 27–29-oktabr kunlari “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Bu xalqaro tadbir innovatsion g‘oyalar, zamonaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va ilmiy ishlanmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Haftalik doirasida xorijiy ekspertlar, investorlar, tadbirkorlar hamda ilm-fan namoyandalari ishtirokida innovatsion rivojlanishning dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda.
Mazkur xalqaro tadbirda universitetimiz vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Ular tadbirlar davomida innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Haftalik doirasida “Ilmiy nashriyot madaniyati va akademik halollik” mavzusida xalqaro forum ham tashkil etildi. Forum Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tashabbusi bilan Ilmiy tadqiqotlarni baholash bo‘yicha San-Fransisko deklaratsiyasi (DORA), “Taylor & Francis Group” nashriyoti va “Clarivate” kompaniyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Forumda akademik halollik va mas’uliyatli nashriyot tamoyillari, ilmiy tadqiqotlarni baholashning zamonaviy yondashuvlari hamda xalqaro ilmiy nashriyot talablari muhokama qilindi.

Shuningdek, plagiat, ilmiy ma’lumotlarni soxtalashtirish, “maqola fabrikalari” (paper mills), taqriz jarayonidagi qoidabuzarliklar, soxta ilmiy jurnallar va sun’iy intellekt vositalaridan ilmiy faoliyatda noo‘rin foydalanish kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.

Galereya

Ulashish: