“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026-yilning 24-mart kuni “Sharq taomlari” xalqaro festivali doirasida ilmiy-amaliy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Konferensiya doirasida gastronomik turizm xizmatlari sifatini oshirishning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi hamda ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashinuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir davomida soha mutaxassislari, xususan, Xalqaro vino va gastronomiya markazi prezidenti – Л.Гелибтерман, Tarix fanlari doktori, Moskva politexnika universiteti professori- М.Вагабов, "Taste of the World RUS" oshpazlik assotsiatsiyasi prezidenti- В.Олейников (Rossiya Federatsiyasi), WFCC Koreyaning eng yaxshi yosh oshpazi- Kim Chjin, Uels oshpazlik assotsiatsiyasining asoschi a’zosi- G.Jons, Gastronomiya va oshpazlik san’ati bo‘yicha dotsent- G.Yilmaz hamda M.Selman (Turkiya), Pokiston oshpazlar uyushmasi bosh kotibi, Pokiston turizm va mehmonxona boshqaruvi kolleji ijrochi direktori- Sh.Mahmud, Qozog‘istonlik yosh oshpaz- Y.Faxriyeva, Ozarbayjon Milliy oshpazlik assotsiatsiyasi prezidenti- T.Amiraslanov, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy tadqiqotlar va nomoddiy madaniy meros instituti ilmiy kotibi- J.Ahmedov hamda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o'rinbosari- I.Dadajonova kabilar o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Mazkur konferensiya gastronomik turizm sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirish, tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.