Tojikistondan O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlar oqimi 2020–2025 yillar oralig‘ida keskin o‘sish dinamikasini namoyon etgan. Xususan, 2020–2021 yillarda ko‘rsatkich 0,3-0.4 million atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yildan boshlab tez sur’atlarda o‘sib, 2023-yilda 2,2 millionga yetgan. 2024-yilda biroz pasayish kuzatilganiga qaramay (1,6 million), 2025-yilda oqim 2,7 millionga yetib, 46,8 foizlik o‘sishni qayd etgan.
Shuningdek, 2025-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlar tarkibida Tojikiston 23,1 foiz ulush bilan yetakchi davlatlar qatoridan joy olgan. Ushbu ko‘rsatkich Qirg‘iziston (24,8%) va Qozog‘iston (23,1%) bilan bir qatorda mintaqaviy turizm aloqalarining yuqori darajada rivojlanayotganini ko‘rsatadi.