Universitetda sirtqi ta’lim shaklining 5-bosqich talabalari tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti yakunlariga bag‘ishlangan taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda. Talabalar ikki oy davomida turizm sohasida egallagan amaliy bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishmoqda.
Yo‘nalishlariga muvofiq mehmonxonalar, turistik kompaniyalar, restoranlar, muzeylar va turizmga yondosh tashkilotlarda amaliyot o‘tagan talabalar real ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Bu tajriba ularga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash va kelajakdagi faoliyatiga puxta zamin yaratish imkonini berdi.
Taqdimotlar davomida talabalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, o‘zlashtirilgan tajribalar, xizmat ko‘rsatish sifati, mijozlar bilan ishlash madaniyati hamda innovatsion yondashuvlar alohida baholanmoqda.
Baholash jarayoni nafaqat talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, balki ularni kelajakdagi mehnat faoliyatiga yo‘naltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.