Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

DUNYO TURIZMINI BIRLASHTIRGAN BAYRAM — XALQARO TURIZM KUNI UNIVERSITETIMIZDA BOSHLANDI!

25.09.2026 1 daq o'qish 19

DUNYO TURIZMINI BIRLASHTIRGAN BAYRAM — XALQARO TURIZM KUNI UNIVERSITETIMIZDA BOSHLANDI!

Bugun universitetimiz hududida o‘zgacha jonlanish, rang-barang kayfiyat va bayramona ruh hukm surmoqda. 27-sentyabr — Xalqaro turizm kuni munosabati bilan yirik bayram tadbirlari va ma’rifiy loyihalarga rasman start berildi.

Universitet jamoasi va talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbir nafaqat bayram, balki turli madaniyatlar muloqoti, ijodkorlik va innovatsion g‘oyalar maydoniga aylandi.

Ushbu tadbir bayramona kayfiyat, turli xalqlar madaniyati, milliy liboslar, musiqa, san’at va gastronomik an’analar uyg‘unligi bilan yanada o‘zgacha tus oldi.

Sharq va G‘arb oshxonalarining rang-barang va o‘ziga xos taomlari namoyish etildi. Turli xalqlarning milliy raqslari, jonli musiqiy ijrolari hamda foto-ko‘rgazmalar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan madaniy kompozitsiyalar orqali dunyoning mashhur va jozibador turistik destinatsiyalari namoyish etildi.

Ushbu madaniy sayohatlar talabalarning turizm sohasiga bo‘lgan qiziqishi, ijodkorligi va professional mahoratini namoyon etish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

Galereya

Ulashish: