O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qiladi:
Britaniya Kengashi tomonidan qizlar va ayollar uchun Women in STEM stipendiya dasturiga 2025–2026 o‘quv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur STEM (Fan, Texnologiya, Muhandislik va Matematika) sohalarida bilim va martaba rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
📚 Universitetlar:
Cardiff University
University of Westminster
Cranfield University
City St George's, University of London
Glasgow University
📅 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 30-aprel
🎓 O‘qish boshlanishi: 2025-yil oktyabr
📌 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
👉 British Council Scholarships for Women in STEM
Oliy ta’lim muassasalari talaba va tadqiqotchilari ushbu imkoniyatdan faol foydalanishlari tavsiya etiladi.