Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

26.10.2026

E’LON

Gretsiya elchisining Samarqand shahriga tashrifi doirasida talabalar bilan uchrashuv

Universitetimizda Gretsiya elchisining Samarqand shahriga tashrifi doirasida turizm va mehmondo‘stlik sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun ma’ruza va uchrashuv tashkil etiladi.

Mavzu: “Gretsiyada turizm: imkoniyatlar, turistik yo‘nalishlar va barqaror turizmni rivojlantirish”

Vaqt: 27-oktabr 10:30–11:30

Joy: 229-xona

Uchrashuv davomida Gretsiyaning turistik salohiyati, asosiy sayyohlik yo‘nalishlari, boy madaniy va tarixiy merosi, shuningdek, turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari haqida ma’lumot beriladi.

Mazkur uchrashuv talabalarga xalqaro turizm tajribasi bilan tanishish, Gretsiyaning turizm sohasidagi imkoniyatlarini o‘rganish hamda kasbiy bilimlarini kengaytirish imkonini beradi.