Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Yaponiya kompaniyasi bilan turizm va ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

12.10.2026 1 daq o'qish 176

Yaponiya kompaniyasi bilan turizm va ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Yaponiyaning nufuzli “Seibu Prince Hotels and Resorts” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, turizm, mehmondo‘stlik va ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Muloqot davomida Samarqandga xalqaro mehmonxona brendlarini jalb etish, hududning turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mehmondo‘stlik sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, turizm va mehmonxona xo‘jaligi yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur uchrashuv Samarqandda turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda soha uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim muloqotlardan biri bo‘ldi.

Galereya

Ulashish: