Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalariga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda
Bugun, "O'zmilliybank" AJ Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi kelajakka qadam markazi xodimlari hamda universitetimizda faoliyat yuritayotgan "Kelajakka qadam markazi" hududiy bo‘linmasi tomonidan bitiruvchi talabalar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda bitiruvchilarning loyihalarini o‘rganish, ularni moliyalashtirish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilib, imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish jarayonlaridagi barcha savollarga javob berishdi.
Hozirgi kunga qadar imtiyozli kredit rasmiylashtirishda bitiruvchi kurs talabalariga amaliy ko‘mak berilib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar markazga jami 33 nafar bitiruvchi talaba tomonidan o‘z startap va biznes loyihalari taqdim etilgan. Shundan 24 ta loyiha "O‘zmilliy bank" tomonidan ma’qullanib, ularga jami 340 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.