20.10.2026
1 daq o'qish
49
Universitetimizda talabalar o'rtasida suzish sport turi bo'yicha"Rektor kubogi" musobaqasi o'tkazildi
Joriy yilning 16–19-oktabr kunlari universitetimizda talabalar o‘rtasida suzish sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning sport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va sportga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Bunday sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka keng jalb qilish hamda universitetda sport madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.