Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari “Do‘stlik uchrashuvi” tadbirida ishtirok etmoqda

19.10.2026 1 daq o'qish 88

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari “Do‘stlik uchrashuvi” tadbirida ishtirok etmoqda

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida tashkil etilayotgan “Do‘stlik uchrashuvi” tadbirida ishtirok etmoqda.

Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda ularning ijodiy salohiyatini namoyon etishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida talabalar o‘zaro tajriba almashish, yangi do‘stlik rishtalarini o‘rnatish va madaniy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Do‘stlik — hamjihatlik, hamkorlik va yorqin kelajak sari muhim qadam!

Galereya

Ulashish: